Toshkentning uchta tumani issiq suvsiz qoldi

eʼlon qilindi
Ta'mirlar ishlari sababli
Foto: Piqsels.

25-oktabr kuni Toshkentning uchta tumanida issiqlik tarmoqlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari munosabati bilan issiq suv soat 21:00 gacha o‘chirildi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

Yunusobod tumanidagi M-4, M-5, M-6 massivlarida, shuningdek, Ahmad Danish, Amir Temur, Ergashev, Badamzor, Bog‘ishamol, G‘ulomov hamda Gidrometeorologiya markazi kochalarida issiq suv bo‘lmaydi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida M-1, M-2 massivlarida va Hamid Olimjon ko‘chasida suv ta’minoti to‘xtatildi.

Yashnobod tumanida Magtimguli ko‘chasida issiq suv ta’minoti toxtatildi.

Avvalroq «Kursiv»,O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda ichimlik suvi narxini pasaytirish bo‘yicha topshiriq bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek