Bektemir va Sergeli vaqtincha issiq suvsiz qoladi
eʼlon qilindi
Isitish tizimlarini modernizatsiya qilish tufayli

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida issiq suv o‘chiriladi. Bunga issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.
26-oktabr, payshanba kuni soat 13:00 dan 16:00 gacha Bektemir tumanidagi «Vodnik» massivida issiq suv bo‘lmaydi.
27-oktabr, juma kuni Sergeli tumanida soat 9:00 dan 17:00 gacha «Sanoatenergo» massivida suv o‘chiriladi.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda sovuq suv uchun tariflar oshirilishi mumkinligi haqida yozgan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar