Hukumat Toshkentda qachon isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qildi
eʼlon qilindi
Shahar hokimligiga O‘zgidromet tavsiyasi kerak
Toshkentda isitish mavsumi O‘zgidrometning tavsiyasiga binoan hokim qarori bilan boshlanadi, deb xabar berdi shahar hokimligi.
Shahardagi oʻrtacha havo harorati besh kun davomida +8° dan past boʻlganidan keyin isitishni yoqish kerak boʻladi.
Hokimlik yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qilib, aholini tushunishga va sabr-toqatga chaqirdi.
Avvalroq, «Kursiv» Veolia Energy Tashkent maʼlumotlariga koʻra, Toshkentda isitish mavsumi oktyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanishi haqida yozgan edi.