Toshkentda isitish mavsumi O‘zgidrometning tavsiyasiga binoan hokim qarori bilan boshlanadi, deb xabar berdi shahar hokimligi.
Shahardagi oʻrtacha havo harorati besh kun davomida +8° dan past boʻlganidan keyin isitishni yoqish kerak boʻladi.
Hokimlik yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qilib, aholini tushunishga va sabr-toqatga chaqirdi.
Avvalroq, «Kursiv» Veolia Energy Tashkent maʼlumotlariga koʻra, Toshkentda isitish mavsumi oktyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanishi haqida yozgan edi.