Makron islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga keladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Qozog'istonga tashrifdan keyin
Foto: Ale_Mi /www.depositphotos.com

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U respublikamizga Qozog‘istonga safaridan so‘ng keladi.

«Fransiya bu ikki davlatni islohot va modernizatsiya yoʻlida qoʻllab-quvvatlashga, xalqaro munosabatlarni diversifikatsiya qilishga hissa qoʻshishga, ularning mustaqilligi va suverenitetini, shuningdek, Yevropa bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatini qoʻllab-quvvatlashga tayyor», — dedi Makronning maʼmuriyati.

Yelisey saroyidan ma’lum qilishlaricha, Fransiya tomoni O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan savdo va energetika sohasida aloqalar o‘rnatmoqchi. Xususan, transport, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va mudofaa masalalari ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq, Fransiyaning «SUEZ» kompaniyasi va «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ Toshkent shahrining suv ta’minoti tizimini yaxshilashi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek