Banklar va moliya

MB kapitali talabiga javob bermaydigan banklar faoliyatini to‘xtatadi

Bir nechta moliya institutlari standartlarga mos kelmaydi
Foto: Vadim Yerzikov

O‘zbekiston Markaziy banki (MB) kapitalning yangi talablariga javob bermaydigan banklar faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda MB rahbari Mamarizo Nurmuratov 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Agar ular bizning talablarimizni bajarmasa, biz ularning faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lamiz», — dedi nazorat qiluvchi organ rahbari.

Uning so’zlariga ko‘ra, bugungi kunda 4-5 ta bank talabga javob bermaydi. Shu bilan birga, ushbu moliya institutlari Markaziy bank ularninig faoliyatini to’xtatishi mumkinligini anglab etishdi.

«Ular bizga oʻz kapitalini 300 milliardga, ​​keyinroq esa 500 milliardga yetkazish boʻyicha oʻz harakatlar rejasini oldindan taqdim qilib boʻlgan, yaʼni yo konsolidatsiyaga boradilar yoki taʼsischilar sonini koʻpaytirish yoki aktsiyalar qo‘shimcha emissiya orqali kapital izlaydilar», – deydi Mamarizo Nurmuratov.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Markaziy banki oktabr oyi boshida AVO bank (sobiq «O‘zagroeksportbank»)ga kredit berish va depozitlarga pul qabul qilishni taqiqlagani haqida yozgan edi. Sababi, bank ustav kapitalining hajmi talab qilinadigan miqdorning deyarli yarmini tashkil qiladi. 2023-yil sentabr oyi boshidan eng kam miqdor 200 milliard so‘m bo‘lishi kerak. 2024-yil 1-apreldan esa 350 milliard so‘mga, 2025-yil boshidan 500 milliard so‘mga ko‘tariladi.