Yangiliklar

O‘zbekiston sabzavot va meva eksportidan 831 million dollar daromad oldi

O‘zbekiston haqida nima yozishmoqda: xorijiy matbuotga sharh
Foto: Pixabay

FreshPlaza: «Yil boshidan buyon O‘zbekiston meva-sabzavotlardan 830 million dollardan ortiq daromad oldi» – 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 1,3 million tonnaga yaqin meva-sabzavot eksport qildi. Pul bilan ifodalanganda bu ko‘rsatkich 831 million dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 9 foizga ko‘pdir.

BELTA: «Golovchenko: Belarus va O‘zbekiston hamkorlik yo‘l xaritasini yangilashi kerak» – Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan ishchi uchrashuvida hamkorlik yo‘l xaritasini yangilash zarurligini ma’lum qildi.

«Savdo-iqtisodiy hamkorlik natijalari haqiqatan ham yaxshi, biz tovar ayirboshlash darajasidan 0,5 milliard dollardan oshdik. Bu ko‘rsatkichni ikki barobarga oshirish uchun mutlaqo barcha shart-sharoitlar mavjud», — dedi Golovchenko.

Kapital.kz: «Davlat rahbarlari Respublika kuni munosabati bilan tabrik telegrammalari yo‘lladi» – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayevni Respublika kuni bilan tabrikladi.

Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Tokayev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli va tizimli islohotlar natijasida rivojlanayotganini taʼkidladi.

TASS: «Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi» – Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ish boshladi. Taʼlim muassasasi Oʻzbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) tomonidan tashkil etilgan.

Akademiyadagi o‘quv dasturi Shveytsariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. O’qituvchilar chet ellik maslahatchilar bo‘ladi.