O‘zbekistonlik dzyudochi Shahram Ahadov Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqada chempion bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu 73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchining ushbu toifadagi turnirdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Endi u o’zining jahon va olimpiya reytingida 1 ming ochko qayd etishi mumkin bo’ladi.
Ahadov turnir finalida kosovolik dzyudochi Akil Gyakovni mag‘lub etib, «Katta dubulg‘a» chempioni bo‘ldi.
«Kursiv» iyun oyida o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova «Katta dubulg‘a» turnirida bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.