O‘zbekiston hukumati 2024-yil oxirigacha elektr energiyasi savdosi uchun yagona platformani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. 2026-yilga borib mamlakatimizda ushbu sohada erkin ulgurji bozor joriy etiladi, deb xabar qildi davlat prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
Bir kun avval davlat rahbari energetika regulyatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Uning vazifalarini Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi amalga oshiradi.
O‘zbekiston hukumati erkin bozorni, infratuzilmani, inson omilini bartaraf etadigan boshqaruv tizimini ta’minlash uchun normativ-huquqiy bazani yaratishni rejalashtirmoqda. Ular 2030-yilgacha jarayonni to‘liq yakunlamoqchi.
«Kursiv» O‘zbekistonning energetika quvvati 41 foizga oshadi, deb yozgan edi.