Qachon Toshkentda tirbandlik kamroq bo’ladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Hokimlik markaziy ko‘chalarning ochilish sanasini e’lon qildi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Toshkent shahar hokimligi Bobur va Nukus ko‘chalariga asfalt yotqizish bo‘yicha yo‘l ishlari 2-3 noyabr kunlari yakunlanishi haqida xabar berdi.

«Bo‘lib o‘tayotgan keng ko‘lamli yo‘l ta’mirlash ishlari aholi noroziligiga, tirbandliklarga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, yog‘ingarchiliklar sababli hamda kunduzgi tirbandliklarni biroz kamaytirish maqsadida ishlar asosan tungi soatlarda amalga oshirilmoqda. Bu vaziyat uchun shahrimiz aholisi va mehmonlaridan uzr so‘raymiz», — deyiladi hokimlik xabarida.

Shahar hokimligining qayd etishicha, buning natijasida mazkur hududlarda asfalt qoplamasi yangilanadi, yangi yo‘l usti belgilari chiziladi, daraxt va butalar ekilishi ko‘zda tutilgan.

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi ham Toshkent shahridagi issiqlik tarmoqlarini o‘tkazish ishlarini yakunladi.

«Issiqlik tarmoqlarini ko‘chirish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar 2023-yilgi isitish mavsumida shahar hokimligidan ruxsatnomalar olingan holda, to‘liq hajmda bajarildi. Biz jami 68 km eskirgan quvurlarni almashtirib, 27-oktabrda ishlarni yakunladik», — deyiladi korxonada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Transport vazirligi Toshkent yo‘llaridagi tirbandliklarga izoh bergan edi.

Shuningdek