Toshkentda uchta metro bekatlari vaqtincha yopiladi

eʼlon qilindi
Yo‘lovchilar uchun bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
Foto: O’zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent metrosinig er-usti halqa yo’lining «Tolariq», «Xonobod» va «Quruvchilar» bekatlari 3-5 noyabr kunlari yopiladi, deb xabar berdi «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati.

Cheklovlar «Turon» va «Qipchoq» stansiyalaridagi qurilish ishlari bilan bogʻliq, deya taʼkidladi kompaniya.

Shu kunlarda poyezdlar faqat «Texnopark» va «Qiyot» bekatlari o‘rtasida harakatlanadi. «Qiyotdan» «Quruvchilar» bekatigacha avtobuslarda yo‘lovchilar bepul tashiladi.

Avvalroq, «Kursiv» «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi metroda poyezdlar to‘qnashib ketgani haqidagi xabarlarni rad etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek