Qozog‘iston hukumati «ArcelorMittalTemirtau» bilan hamkorlik qilishni to‘xtatadi

eʼlon qilindi
Va qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida sodir bo‘lgan fojiadan keyin mamlakat hukumati ArcelorMittal Temirtau kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatadi, dedi davlat prezidenti Qosim-Jomart Tokayev.

«Hukumatga ArcelorMittal Temirtau kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikni toʻxtatish topshirildi», — deyiladi Tokayevning Telegram-kanalida.

Tokayev halok bo‘lgan konchilarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Davlat rahbari konchilar oilalariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi.

Fojia sabablari hukumat komissiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Shanba kuni ertalab Qarag’anda viloyatidagi shaxtada portlash sodir bo’ldi, ehtimol gaz metan.

Sputnik xabariga koʻra, 21 konchi halok boʻlgan. 18 kishi jarohatlangan. Shaxtada 21 kishi qolmoqda.

Shuningdek