Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri bilan qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
eʼlon qilindi
Mirziyoyeva Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xeping boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, qoʻshma loyihalarni muhokama qildi. ⠀
– O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini madaniy-gumanitar va turizm sohalarida yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashdik. Biz Oʻzbekiston va Xitoyda turli madaniy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, qadimiy meʼmoriy yodgorliklarni asrab-avaylash boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni batafsil muhokama qildik”, — deb yozadi u.
Avvalroq, Saida Mirziyoyeva «Arxeologik hamkorlik – “Bir kamar, bir yo‘l» ko‘rgazmasi ochilishi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashgan edi.