
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xeping boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, qoʻshma loyihalarni muhokama qildi. ⠀
– O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini madaniy-gumanitar va turizm sohalarida yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashdik. Biz Oʻzbekiston va Xitoyda turli madaniy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, qadimiy meʼmoriy yodgorliklarni asrab-avaylash boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni batafsil muhokama qildik”, — deb yozadi u.


Avvalroq, Saida Mirziyoyeva «Arxeologik hamkorlik – “Bir kamar, bir yo‘l» ko‘rgazmasi ochilishi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashgan edi.