Senat Surayyo Rahmonovani bolalar ombudsmanı lavozimiga tasdiqladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Oliy Majlis quyi palatasi 10-oktabr kuni uning ushbu lavozimga nomzodini tasdiqlagan edi
Foto: Senat

Oliy Majlis Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida Surayyo Rahmonova Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmanı) lavozimiga tasdiqlandi.

Rahmonova uzoq yillar oliy yuridik ta’lim muassasalarida, shuningdek, sud va prokuratura tizimlarida ishlagan. 1-darajali yuridik maslahatchi, yuridik fanlar doktori.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis quyi palatasi deputatlari 10-oktabr kuni uning nomzodini bolalar ombudsmanı lavozimiga tasdiqlagan edi.

Avvalgi bolalar ombudsmeni Aliya Yunusova o‘tgan oy o‘z lavozimini tark etgan edi. U o‘zining xayrlashuv maktubida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mamlakatimizda bolalar huquqlarini ta’minlashga qo‘shgan hissasi, yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi yo‘lidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek