Oliy Majlis Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida Surayyo Rahmonova Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmanı) lavozimiga tasdiqlandi.
Rahmonova uzoq yillar oliy yuridik ta’lim muassasalarida, shuningdek, sud va prokuratura tizimlarida ishlagan. 1-darajali yuridik maslahatchi, yuridik fanlar doktori.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis quyi palatasi deputatlari 10-oktabr kuni uning nomzodini bolalar ombudsmanı lavozimiga tasdiqlagan edi.
Avvalgi bolalar ombudsmeni Aliya Yunusova o‘tgan oy o‘z lavozimini tark etgan edi. U o‘zining xayrlashuv maktubida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mamlakatimizda bolalar huquqlarini ta’minlashga qo‘shgan hissasi, yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi yo‘lidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.