Shavkat Mirziyoyev Kostenko konidagi portlash munosabati bilan Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi
eʼlon qilindi
Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, 28 konchi halok bo'lgan
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Tokayevga Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jarohatlanganlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari konda qolgan konchilar tezroq qutqarilishiga umid bildirdi.
28-oktyabr kuni ertalab Kostenko konida metan portlashi sodir bo’ldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 28 konchi halok boʻlgan, yana 18 kishi shaxtalarda qolmoqda. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.