O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Tokayevga Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jarohatlanganlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari konda qolgan konchilar tezroq qutqarilishiga umid bildirdi.
28-oktyabr kuni ertalab Kostenko konida metan portlashi sodir bo’ldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 28 konchi halok boʻlgan, yana 18 kishi shaxtalarda qolmoqda. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.