Maxachqal’ada namoyishchilar aeroport ishini «falaj qilib», o‘zbekistonlik shifokorni hibsga oldi

eʼlon qilindi
Uni Isroil fuqarosi deb adashgan
Foto: Ramazon Rashidov / TASS

Rossiyaning Maxachqal’a shahridagi xalqaro aeroportda kecha bir necha ming odam yig‘ildi. Ular Isroilning Tel-Aviv samolyoti shaharga kelishiga norozilik bildirdi, deb yozadi «Kommersant».

Namoyishchilardan biri terminal binosiga bostirib kirib, aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqdi. Boshqalar esa Isroil fuqarolarini qidirish uchun aeroport binosidan chiqib ketayotgan odamlarni ushlab turdi va ularning pasportlarini tekshirdi.

«Fontanka»ning xabar berishicha, olomon qo‘lga olgan yo‘lovchilardan biri o‘zbekistonlik shifokor bo‘lgan. Telegram kanallarida tarqalgan videoda u millati o‘zbek ekanligini, lekin Rossiyada tug‘ilgani uchun ona tilida gaplashmasligini aytadi.

«Interfaks»ning qayd etishicha, aeroport vaqtincha yopilgan. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 212-moddasi «Ommaviy tartibsizliklar uyushtirish» bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Hodisa paytida 20 ga yaqin kishi jarohatlangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Gap politsiya xodimlari ham, tinch aholi ham haqida ketmoqda – ular kim ekanligi aniqlanmagan: namoyishchilar yoki ular hibsga olingan odamlar.

Maxachqal’a aeroportidagi norozilik namoyishi Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi fonida bo‘lib o‘tdi.

Oktabr boshida Hamas guruhi Isroilga qarshi Al-Aqso bo’roni operatsiyasini e’lon qilgan edi. Bosqindan oldin harakat jangarilari raketa hujumini amalga oshirgan.

Ularning harakatlariga javoban Isroil hukumati mamlakat urush holatiga o‘tayotganini e’lon qildi va harakat jangarilariga tegishli nishonlarni bombardimon qila boshladi.

28-oktabr, shanba kuni Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi harbiy maqsadlar quruqlikdagi operatsiyani talab qilishini aytdi.

«Kursiv» Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 28-oktabr kuni Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingida Anqara Isroilni harbiy jinoyatchi deb e’lon qilishini aytgani haqida yozgan edi.

Shuningdek