Meyn shtatida otishma sodir qilgan shaxs o‘lik holda topildi
AQShning Meyn shtatidagi Lyuiston shahrida 18 kishining o‘ldirilishida gumon qilingan Robert R.Kard o‘lik holda topildi. U Kard ishlagan chiqindilarni qayta ishlash zavodi yonida turgan tirkamada o‘z joniga qasd qildi, deb xabar berdi Reuters.
Gumonlanuvchining jasadi 48 soatlik qidiruvdan keyin topilgan. Politsiya zavodning o‘zini bir necha marta tintuv qilgan, biroq uning yonida yuk mashinalarining to‘xtab turishi huquq-tartibot idoralari xodimlari e’tiboriga keyinroq tushgan. Kart qancha vaqt o‘lganligi noma’lum.
O’tgan hafta Lyuistonda ommaviy otishma sodir bo’ldi. 18 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.
Videokameralarda suratga olingan AQSh armiyasidagi zahiradagi 40 yoshli Kard jinoyat sodir etganlikda gumon qilindi. Tergovchilar hozircha mumkin bo’lgan sababni aniqlamadilar, ammo ruhiy salomatlik bilan bog’liq muammolar omil bo’lishi mumkinligini ta’kidladilar.
«Kursiv» avvalroq Lyuistondagi fojia haqida yozgan edi.