Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq shoiri Jiyenbay Izbasqanov olamdan ko’z yumdi

U 74 yoshda edi
Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.

Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq shoiri Jiyenbay Izbasqanov 74 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.

Shoir hayoti davomida Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Izbasqanov ijodi «Muhabbatning olmos qirralari» kitobi va koʻplab sheʼrlari bilan yodda qolgan.

«Avvalroq», Kursiv Rossiyada o‘zbek shoiri Usmon Nosirga haykal o‘rnatilgani, haqida yozgan edi.