Yangiliklar

Toshkent metrosida poyezd to‘qnashuvi haqida yolg‘on xabar tarqatgan shaxs qo‘lga olindi

U Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro ekanligi aniqlandi
Foto: Mavink.

Toshkent metrosining «Novza» bekatida poyezdlar to‘qnashuvi sodir bo‘lgani haqida yolg‘on xabar tarqatgan bloger qo‘lga olindi, deb xabar berdi «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi.

U Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro bo‘lib chiqdi. Video kompaniya xodimlari va huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Aslida kadrlarda nosoz poyezdni boshqa poyezd tomonidan tortib ketilayotgani aks etganligi ma’lum bo’ldi.

Yolgʻon maʼlumotlarni tarqalish javobgarlikka tortish uchun sabab boʻlishi mumkin, deya taʼkidladi poytaxt metropoliteni.

Avvalroq, «Kursiv» «Toshkent metropoliteni» poyezdlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotni rad etgani haqida yozgan edi.