Uzbekistan Airways Toshkentdan Pekinga parvozlarni ko’paytiradi
eʼlon qilindi
Joriy yilning 25-noyabridan

Uzbekistan Airways 25-noyabrdan boshlab Toshkent — Pekin — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar sonini oshiradi.
Parvozlar haftada uch marta – seshanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
28-noyabr kuni Toshkentdan Pekinga eng qimmat chipta narxi 10,4 million so‘m, eng arzoni 3,8 million so‘m turadi.
Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways 1 dekabrdan Tailandning Pxuket oroliga parvozlarni boshlaydi.