O‘zbekistondan 100 million so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib chiqishga ruxsat berildi

eʼlon qilindi
Adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra
Foto: Piqsels.

Oʻzbekistondan qiymati 100 million soʻmgacha boʻlgan zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan olib chiqishga ruxsat berildi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Bu haqdagi farmonni O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar O‘zbekistondan zargarlik buyumlarini tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha yagona elektron axborot tizimiga mahsulot haqidagi ma’lumotlarni kiritmasdan, bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda sotish uchun olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ilgari respublikadan qiymati 5 ming dollardan oshmaydigan zargarlik buyumlarini olib chiqish mumkin edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Markaziy banki dunyoda oltin sotib oluvchilarning beshtaligiga kirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek