Oktabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 % ga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
2023-yilning-oktabr oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 % ga oshgan. nooziq-ovqat tovarlari esa 1 % ga oshgan. Aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 % ga oshgan.
Xabarga ko‘ra, isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9 %. Isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi esa o‘rtacha 6,2 % ga o‘sgan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda kelasi yil inflyatsiya darajasi Markaziy bankning joriy prognozlaridan yuqori bo‘lishi mumkinligini yozgan edi.