Toshkentning Mirobod tumanida vaqtincha gaz o’chirildi
eʼlon qilindi
Ta'mirlash ishlari tufayli

1-noyabr Toshkentning Mirobod tumanida gaz ta’minoti vaqtinchalik o‘chirildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab bo’lmoqda, deb xabar berdi «Hududgaz Poytaxt».
Gaz «Navro‘z» mahallasidagi 230 ta xonadon va bitta ulgurji iste’molchida soat 18:00 gacha bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda issiqxonalarni gaz bilan ta’minlash qoidalari tasdiqlandi.
Avvalroq, «Kursiv» Andijonda gaz narxini suniy oshirgani uchun yoqilg‘i quyish shoxobchasi yopilgani haqida yozgan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar