Fransiya rahbari Emmanuel Makron bugun tunda Samarqandga yetib keldi va u yerda uni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi va kechasi o‘z mehmoniga shaharni ko‘rsatdi.
Ular «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazidagi Registon me’morchilik ansambli va «Abadiy shahar» tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari, jumladan, muzokaralar bugun, 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.