O‘zbekiston va Fransiya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘taradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron o‘zaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish niyati to‘g‘risidagi bayonotni qabul qildi.
Ikki davlat rahbarlari xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish, xalqaro va mintaqaviy muammolarni birgalikda hal etish istagini ham tasdiqladilar.
Mirziyoyev va Makron ishtirokida sakkizta hujjat imzolandi. «Samarqand frantsuz alyansi»ni yaratish toʻgʻrisidagi bitim, suv taʼminoti infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha protokollar, diplomatlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya shular jumlasidandir.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent va Parij Oʻzbekiston poytaxtida qoʻshma savdo-sanoat palatasi va Business France vakolatxonasini ochishga ham kelishib olgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Makronning O‘zbekiston va Qozog‘istonga safaridan maqsadi uran yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha kelishuv ekanini yozgan edi.