Chevrolet avtomobillari uchun buyurtmalar qabul qilish yana yo‘lga qo‘yildi
UzAuto Motors bir necha rusumdagi avtomobillar uchun avval to‘xtatib qo‘yilgan shartnomani qayta tikladi. Bu haqda avtomobil ishlab chiqaruvchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko’ra, ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi hisobiga zavodlarda ishlab chiqarish oyiga 40 mingtadan oshgan. Bu mijozlarning kutish vaqtlarini «sezilarli darajada qisqartirish» imkonini berdi.
Salkam ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana Chevrolet Captiva krossoveriga buyurtmalar qabul qilmoqda. Avtomobilni xaridorlarga yetkazib berish shu oydan boshlanishi rejalashtirilgan.
Ommaviy Chevrolet modellarining sotuvi ham ochiq – Cobalt, Damas/Labo, Onix va Tracker. Onix uchun yetkazib berish sanalari noyabr-dekabr oylarida ko’rsatilgan, boshqa modellar uchun yetkazib berish 2023-yilning dekabridan 2024-yilning martigacha kutilmoqda.
Kompaniya vakillari buyurtmalarni chevrolet.uz va savdo.uzavtosanoat.uz veb-saytlari, Uzavtosavdo ilovasi yoki Telegram bot @UzAvtoSavdo_bot orqali onlayn tarzda joylashtirishni aytib o’tilgan. Xabarda aytilishicha, bu dilerlik markazlarida navbatlar va noqulayliklarning oldini olishga yordam beradi.
Avvalroq, «Kursiv» UzAuto kompaniyasi Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillari narxini oshirhani haqida xabar bergan edi.