Erdo‘g‘on turkiy davlatlarga yagona alifbo joriy etishni taklif qildi

eʼlon qilindi
U bu tashabbusni Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tgan sammitda ma’lum qildi
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiy davlatlar uchun umumiy alifbo yaratishni taklif qildi, deb yozadi «Kommersant».

«Birligimiz uchun til ham, umumiy alifbo ham juda muhim. Prezidentlarning qo‘llab-quvvatlashi ham juda muhim», dedi u tashkilotning Ostonadagi X sammitida so‘zlagan nutqida.

Unga ko‘ra, Oliy ta’lim kengashi allaqachon tashkilot kotibiyatiga tavsiyalar bergan. Erdo‘g‘an, shuningdek, kelasi yili yagona alifbo yaratishni boshlash uchun ish olib borishga chaqirdi.

Turkiya prezidenti turkiy davlatlar muammolarga samarali qarshi turish uchun «birga bo‘lishlari» kerakligini ta’kidladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili til birligini jadallashtirish maqsadida yagona alifbo yaratish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘zbek alifbosida to‘rtta harfni o‘zgartirish taklif qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek