Mehribonlik uyidagi qizlar bilan jinsiy aloqada bo’lgan xorazmlik amaldorlarning har biriga uch yil qamoq jazosi berildi

eʼlon qilindi
Bu haqdagi qaror Toshkent shahar sudi tomonidan qabul qilindi
Foto: Piqsels.

Xorazm viloyatidagi mehribonlik uyining voyaga etmagan tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo’lib kelgan sobiq amaldorlar Anvar Kuryazov va Oybek Masharipov 3 yilldan qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda NeMolchi.uz xabar berdi.

Hukm Toshkent shahar sudida chiqarildi. Bungacha Xiva tuman sudi amaldorlarni 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatidagi Urganch shahridagi 1-Mehribonlik uyida Yulduz Xudaybergenova kamida uch nafar tarbiyalanuvchini Masharipov va Kuryazovni o‘n oy davomida jinsiy aloqa bilan qondirishga majburlab kelgan.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent viloyatida Milliy gvardiyaning sobiq xodimi voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek