Energetika vazirligi rahbari Igor Sechinni O‘zbekistonga taklif etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston haqida nima yozishmoqda: xorijiy matbuotga sharh
Foto: Liga.net

TASS: «Rosneft» rahbari O‘zbekistonga 2023-yilda amaliy tashrif bilan keladi” – «Rosneft» rahbari Igor Sechin O‘zbekistonga 2023-yilda kelish niyatida.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sechin mamlakatimizga O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamaxmudovning taklifiga binoan tashrif buyuradi.

Reuters: «Makron Fransiya va O‘zbekiston “strategik» aloqalarga intilayotganini aytdi” – Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Parij va Toshkent strategik sheriklikni rivojlantirishini aytdi.

«Biz prezident (Shavkat Mirziyoyev) bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldik», — dedi u.

EastFruit: «Fransiya kompaniyasi O‘zbekistondagi uchta yirik agrologik markaz loyihalarini taqdim etdi» – Joriy yilning oktabr oyida Fransiyaning Rungis Semmaris kompaniyasi uchta yirik agrologik markaz loyihalarini taqdim etdi.

Ularning umumiy qiymati 197 million dollarga baholangan, umumiy quvvati esa yiliga 1,7 million tonnani tashkil qiladi. Ular Toshkent viloyatida, shuningdek, Samarqand va Andijon viloyatlarida joylashtiriladi.

TASS: «O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Nauka 0+» festivali 14 ming ishtirokchini jamladi” – 4-5 noyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan «Nauka 0+» xalqaro festivalida ishtirokchilar soni 14 ming kishini tashkil etdi.

Tadbir Toshkent politexnika muzeyi hududida hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi boshqa obyektlarda bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek