Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida qaysi mavzular muhokama qilinadi

eʼlon qilindi
Tadbir O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadi
Rasm: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

8-9 noyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitida tomonlar sarmoya va boshqa yoʻnalishlarni muhokama qilishni rejalashtirgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon, Pokiston, Eron, Turkiya prezidentlari, vazirlari, iqtisodiyot va biznesga bog’liq tashkilotlar a’zolari qatnashishadi.

Sammitda ayniqsa, O’zbekistonning mintaqaviy hamkorlikda qatnashuvchi davlatlar bilan o‘zaro aloqalarini kuchaytirish va ular bilan ishlashni yanada osonlashtirish maqsadida qo‘shimcha tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Bunday tadbirlar orasida, yuridik shaxslar va investitsiya loyihalari uchun qulay sharoitlar yaratish, moliyaviy va soliq siyosatlarini yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va gumanitar aloqalar sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko’rib chiqiladi.

Sammit dasturi doirasida O’zbekiston yetakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. O’zbekiston 1992-yildan boshlab IHT a’zosidir.

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 226,6 trln so’m asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirilib, bu ko’rsatgich  2022-yilning mos davriga nisbatan 11,8 % oshdi. Bu investitsiyalarni va kreditlarni 104,4 trln so’m chet-el davlatlaridan sarmoya qilingan.

Shuningdek