Yangiliklar

Tesla hamyonbop elektromobil yaratmoqchi

Ular Germaniyadagi zavodda yig'ishni tashkil etishni rejalashtirmoqda
Foto: Unsplash

Reuters manbalarga tayanib xabar bermoqda: Amerikaning Tesla kompaniyasi Germaniyadagi ishlab chiqarish korxonalarida narxi 25 ming yevro bo‘lgan elektromobil ishlab chiqarish niyatida.

Hamyonbop avtomobil qachon keng ishlab chiqarishga qo’yilishi hozircha noma’lum.

Isteʼmolchilar orasida oʻtkazilgan soʻravnoma shuni ko’rsatadiki, elektr transport vositalarining yuqori narxi va yuqori foiz stavkalari ularning Yevropa va AQSHda tarqalishiga to’sqinlik qiladigan bir qancha omillardan biridir.

Yevropada bunday avtomobillarning o‘rtacha chakana narxi 2023-yilning birinchi yarmida 65 ming yevrodan oshgan bo’lsa, Xitoyda bu ko‘rsatkich 31 ming yevroni tashkil qilgan.

Tesla asoschisi Ilon Mask o’tgan yili arzon elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Manbalarga ko’ra, kompaniya ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradigan innovatsion texnologiyani yaratilishiga ozgina vaqt qoldi.

Avvalroq «Kursiv» Tesla aksiyalari Panasonic akkumulyatori ishlab chiqarish qisqarishi tufayli pasayganini yozgan edi.