Yangiliklar

Tolibon Mirziyoyevning Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik haqidagi soʻzlarini olqishladi

Bu haqda O‘zbekiston rahbari UTG sammitida ma’lum qildi
Foto: CGTN

Kobul O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish haqidagi bayonotini olqishlaydi, deb xabar bermoqda TOLOnews internet nashri «Tolibon» harakati vakili Zabihulloh Mujohidga tayanib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu maqsadlarga erishish uchun mintaqa davlatlarining ko‘magi, shuningdek, Tolibon bilan mustahkam diplomatik aloqalarni tiklash zarur.

Turkiy davlatlar tashkilotining Ostonadagi so‘nggi sammitida Mirziyoyev Afg‘onistondagi barqarorlikni mintaqada tinchlik o‘rnatish zarurati deb atadi.

«Tarixi va taqdiri ming yillar davomida turk xalqi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan Afgʻonistonda tinchlik va osoyishtalikning oʻrnatilishi mintaqamizda strategik barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashning asosiy shartidir», — dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Davlat rahbarining qoʻshimcha qilishicha, Toshkent Afgʻonistonga insonparvarlik yordami koʻrsatish va fuqarolarni oʻqitishda davom etadi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Afg‘onistondagi savdo uylarini qayta ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.