HUMO yana muammolarga duch keldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu tizim faoliyatidagi ikki oy ichida birinchi voqea emas
Foto: Humo

Ayni paytda HUMO bankomatlarida naqd pul yechib olishda bir qator muammolar paydo bo‘lmoqda. Shu sababli HUMO to‘lov tizimi vakillari aholiga murojaat bilan chiqdi.

«Hozirda HUMO bankomatlarida pul yechib olishda naqd pul bermaslik holatlari ko‘payganligi va bu vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar ba’zi bankomatlar vaqtincha o‘chirib qo‘yiladi. Uzilish HUMO bankomatlarining taxminan 30 foiziga ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu bankomatlarning qachon ishlashi haqida alohida xabar beramiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz!» – deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov so‘nggi paytlarda HUMO kartalari faoliyatidagi nosozliklar sabablari haqida ma’lum qilgandi. Nosozliklar dasturiy ta’minot yangilanishi bilan bog‘liq edi.

Shuningdek