O’zbekistonda aholi o’z mablag’iga uy-joy xarid qilishi o’tgan yilga nisbatan oshdi. Bu haqida Markaziy bank xabar beradi.
Joriy yilda uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 216,3 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 191,1 mingtani tashkil etdi. O‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 13,2 foizga oshgan. Shunga qaramay, ipoteka shartnomalari soni o’zgarishsiz qoldi. Shunday qilib, uy-joy oldi-sotdi shartnomalarining umumiy hajmida ipoteka kreditlarining ulushi 3 foizga kamayib, 25 foizni tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-sentabr oylarida ajratilgan ipoteka kreditlarini hajmi 12,2 trln so’m bo’lgan. Bu summa 2022 yilga nisbatan 18,1% ga oshgan.
Avvalroq, qaysi bankdan rasmiy daromadsiz ipoteka kreditini olishni taqdim etgan edik.