O‘zbekiston Markaziy banki 7-noyabr kuni Amerika valyutasi kursini yana oshirdi. Rasmiy narx 12 280,08 so‘m etib belgilandi. Bu kechagi kunga nisbatan 10,08 so‘mga yuqori.
Tijorat banklarida Amerika valyutasini sotib olish kursi 12 210 – 12 270 so‘m oralig‘ida belgilangan. Sotish kursi 12 300 – 12 340 soʻm etib belgilandi.
Avvalroq, «Kursiv» 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida dollar kursi 16 so‘mga qimmatlashgani haqida yozgan edi.