2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 78 mingta yangi korxona paydo bo‘ldi, deya xabar beradi Soliq qo‘mitasi.
O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning umumiy soni 575,9 mingtaga yetdi.
Eng ko’p korxonalar savdo sohasida to’plangan – 154 ming. Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 130 ming sub’ekt ishlaydi.
Respublikada 67,9 mingta sanoat korxonasi, 34,2 mingta qurilish korxonasi mavjud.
Avvalroq, «Kursiv» «Qashqadaryo neft-gaz qurilish va ta’mirlash» kompaniyasi to‘lovga layoqatsizligi sababli «Toshkent» birjasi kotirovka ro‘yxatidan chiqarilgani haqida yozgan edi.