Yangiliklar

Dollarning narxi 12 300 so‘m bo‘lishiga oz qoldi

Uning qiymati 16,93 so'mga ko'tarildi
Foto: Piqsels.

8-noyabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki dollarning kursini 16,93 so’mga ko’tarildi. AQSh valyutasining narxi 12 297,01 so‘mni tashkil qildi. Respublika valyuta birjasi ham dollarning kursini shu darajada belgiladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning tijorat banklari dollarni 12 220 – 12 275 so’mdan xarid qilishmoqda va 12 310 – 12 340 so‘mdan sotishmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 7-noyabr kuni dollar 10,08 so’mga qimmatlashgani haqida yozgan edi.