Humans kompaniyasining foydasi qanday o’sdi

eʼlon qilindi
Korxonaning savdo hajmi qariyb 2,6 barobarga oshdi
Foto: Humans matbuot xizmati

Yil boshidan buyon Humans Companies 25,58 mlrd so‘m daromad (tushum) oldi. Bu haqidagi ma’lumotlar Korporativ axborot yagona portalida ko’rsatib o’tilgan. 2022-yilning shu davriga nisbatan kompaniyaning savdo hajmi qariyb 2,6 barobarga oshdi.

Yalpi foydasi (sof foyda minus xizmatlar tannarxi) esa 16 mlrd so‘mdan sal ko‘proqni tashkil etdi (+62%).

Humans kompaniyasi yana moliyaviy faoliyatdan 18,14 mlrd so‘m daromad olgan, ularning asosiy qismi (17 mlrd) dividendlardan tushgan. Shu bilan birga, valyuta kursining o‘zgarishidan ko‘rilgan zarar 1,56 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Kompaniyanig sof foydasi uch chorakda 12,7 mlrd so’mni tashkil etdi. Ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan o’n barobardan ortiq o’sdi.

Uchinchi chorak natijalariga ko’ra, Humans aktivlari 90,66 mlrd so’m bo’ldi. Yil boshidan buyon ularning hajmi qariyb 3 mlrd so‘mga qisqardi. Bu qisqa muddatli investitsiyalar qariyb 20 mlrd so‘mga qisqarganligidan dalolat berdi. Bundan tashqari, asosiy vositalarning qiymati eskirish natijasida ularning qoldiq qiymati pasaygan.

Avvalroq, Humans Group asoschisi Vladimir Dobrinin Markaziy Osiyodagi super-ilovalar istiqbollari va O‘zbekistonda birinchi pre-IPO o‘tkazilishi haqida gapirgan edi.

Shuningdek