Yangiliklar

IT Park rezidentlari xizmatlar eksportini uch baravar oshirdi

Joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida IT-Park rezidentlari tomonidan xizmatlar eksporti hajmi 238,7 million dollarga yetdi va yil davomida bu ko‘rsatkich 3 barobarga oshdi.

Eksportning asosiy qismi Shimoliy Amerikaga – 43%, Evropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga – 37%, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mamlakatlariga – 4%, boshqa mamlakatlarga – 16%.

Mazkur davrda texnoklaster rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi yiliga 2,2 barobar o‘sish bilan 8,5 trillion so‘mni tashkil etdi.

Oktabr oyi boshida IT Park rezidentlari soni 1,4 ming kompaniyaga yetdi. Ulardan 1 mingtasi Toshkent shahrida, 431 tasi viloyatlarda ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 244 tani tashkil etadi.

Avvalroq, «Kursiv» 200 dan ortiq kompaniya IT-Park rezidenti maqomini yo‘qotgani haqida yozgan edi.