O‘zbekistonda 1 trillion so‘mga yaqin keshbek to‘landi
eʼlon qilindi
Soliq qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston iste’molchilari 966 milliard so‘m keshbek oldi. Bu infografikani mamlakat Soliq qo‘mitasi tarqatdi.
Bu xizmatdan eng koʻp Toshkent shahrida foydalanilgan: poytaxt aholisiga 394 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ qaytarilgan.
Toshkent viloyatida isteʼmolchilarga 107 milliard soʻm, Samarqand viloyatida 80 milliard soʻm keshbek to’landi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda kam ta’minlanganlarga 3 oy ichida 3,6 milliard so‘m ijtimoiy keshbek to‘langani haqida yozgan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar