O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Eron rahbari Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va logistika sohalarida hamkorlikda ishlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari istiqbolli savdo, investitsiya va transport loyihalarini ko‘rib chiqishdi. Mirziyoyev va Raisiy ikkitamonlama mahsulot ayirboshlash hajmini oshirish borasidagi ishlar natijalarini baholashdi.
O‘zbekiston va Eron prezidentlari madaniy-gumanitar va ilmiy almashuvlarni rivojlantirish tarafdori bo‘lishdi. Suhbatdoshlar mintaqaviy kun tartibi, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat haqida ham fikr almashishdi.
Avvalroq, Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgan edi.