Nvidia Xitoy uchun eksklyuziv chiplarni chiqaradi

eʼlon qilindi
Vashingtonning Xitoyga yuqori samarali mikrochiplarni yetkazib berishni taqiqlash qarori fonida
Foto: Pixabay

Amerikalik grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchisi Nvidia Xitoy uchun uchta yangi chip chiqarishi mumkin, deya xabar bermoqda Reuters Xitoy OAVlariga tayanib.

Avvalroq, Vashington kompaniyaga sun’iy intellekt va kompyuter o‘yinlari uchun yuqori samarali chiplarni Xitoyda sotishni taqiqlagan edi.

Nvidia’ning Xitoy bozori uchun eksklyuziv mahsulotlari noyabr oyi o‘rtalarida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Nvidia Xitoyning AI chiplari bozorining 90% dan ortig‘ini nazorat qiladi, uning qiymati 7 milliard dollarga baholanadi. Biroq Jo Bayden ma’muriyatining Xitoyga yuqori samarali chiplar yetkazib berishni taqiqlash qarori Huawei Technologies uchun imkoniyatlar oynasini ochadi.

Avvalroq, «Kursiv» Nvidia shaxsiy kompyuterlar uchun protsessorlarni ishlab chiqishni boshlaganini yozgan edi.

Shuningdek