Panorama Airways Toshkentdan Madinaga parvozlarni bekor qildi
eʼlon qilindi
Yo‘lovchilar mehmonxonalarga joylashtirildi
O‘zbekistonning Panorama Airways aviakompaniyasi Toshkent – Madina – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 5P-361/362 va 5P-363/364 reyslarini bekor qildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Parvozlar 9-noyabr, payshanba kuniga belgilangan edi. Biroq texnik sabablarga ko‘ra 5P-363 reysi kechiktirildi va keyinroq bekor qilindi.
12 soatdan so‘ng yo‘lovchilar mehmonxonalarga joylashtirildi, deyiladi kompaniya xabarida.
Avvalroq, Kursiv Moskvaning Domodedovo aeroportida Toshkentga parvoz kechiktirilgani haqida yozgan edi.