Toshkent shahrida tadbirkorlar va byudjet tashkilotlari uchun issiqlik ta’minoti narxi oshadi. Bu haqda xalq deputatlari Kengashi qaror qabul qildi.
Poytaxt aholisi uchun tarif avvalgi narxda qoladi – 1 Gkal energiya uchun 91,9 ming so‘m. Poytaxt tadbirkorlari issiqlik uchun 212,6 ming so‘m to‘laydi. Oldingi tarifi 1 Gkal uchun 141,7 ming so‘m tashkil qilgan.
Byudjet tashkilotlari uchun tarif 801,9 ming so‘mgacha oshiriladi. Oldingi narx 502,067 ming so‘m edi.
Joriy yilning aprel oyida Shavkat Mirziyoyev issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘n yilga xususiy tadbirkorlikka berishni taklif qilgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida sovuq suv uchun yangi tariflar tasdiqlangani haqida yozgan edi.