Yangiliklar

Toshkentdagi “Matbuot uyi” buzib tashlanadi

Uning o‘rnida media-shahar barpo etiladi
Foto: «Yandeks Xaritalar».

Toshkentda tarixan ko‘plab gazeta va jurnallar tahririyatlari joylashgan «Matbuot uyi»ning yetti qavatli binosi buziladi. Ishlar bo‘yicha o’tkazilgan tender natijalari Oʻzbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi saytida eʼlon qilindi.

«Matbuot uyi» o‘rnida 98,8 milliard so‘mlik zamonaviy media shaharcha qurish rejalashtirilgan. Bu mablag‘lar davlat byudjetidan ajratiladi.

Shaharcha barpo etishni «Yangi zamon bino» korxonasi amalga oshiradi. U ikki yildan ortiq vaqt ichida qurilishi kutilmoqda.

Toshkent «Matbuot uyi» 2018-yilda kimoshdi savdosiga qo’yilgan. Binoning qiymati 18,2 milliard so’mga baholangan. Keyinchalik u 18,7 milliard so‘mga oshgan. Natijada lot auksiondan olib tashlandi.

Buyuk rus entsiklopediyasiga ko’ra, «Matbuot uyi» 1975 yilda qurilgan. Unda respublika gazeta va jurnallari tahririyatlari joylashgan edi. Hozir u yerda «Xalq so‘zi», «Pravda Vostoka», «O‘zbekiston o‘qituvchisi» nashrlari joylashgan.

Avvalroq Kursiv Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasidagi tarixiy uy buzilishini rad etgani haqida yozgan edi.