Xitoy «Bir kamar va yo‘l» loyihasini kreditlash shartlarini o‘zgartiradi
O’n yil ichida Xitoy «Bir kamar, bir yo’l» tashabbusiga milliardlab dollar sarmoya kiritdi. Pekin sarmoyalari ko’proq foyda keltirishi uchun uning shartlarini yangilashga qaror qilindi. Bu haqda The Economic Times iqtibos keltirgan holda William & Mary AidData tadqiqot laboratoriyasi hisobotida aytiladi.
«Pekin oʻz vaqtini, pulini va eʼtiborini muammoli loyihalar va ishlab chiquvchilarga, shuningdek, Global Janubdagi jamoatchilik eʼtirozi manbalariga qaratib, xavflarni kamaytirishga harakat qildi. Xitoy o‘z xatolaridan saboq olmoqda va xalqaro inqirozlarni boshqarishda borgan sari mohir bo‘lmoqda», — deyiladi hisobotda. Xitoy «Bir kamar va yo’l» loyihasini kreditlash shartlarini o’zgartiradi.
Unda taʼkidlanishicha, Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlar boʻyicha defolt va obroʻga putur yetkazish xavfini kamaytirishga eʼtibor qaratmoqda. Pekin ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) standartlaridan foydalanadi.
2021-yil holatiga ko’ra, tashabbus bo’yicha kredit olgan qarz oluvchilarning qariyb 19 foizi to’lovlardan orqada qolgan. 2020-yilda bu ko‘rsatkich 7 foizni tashkil etdi. Shunday qilib, Xitoy tobora ko’proq sarmoyalar qaytarilmasligi muammosiga duch kelmoqda.
Shu bois Pekinning kredit siyosati infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan favqulodda vaziyatlarda sug‘urta qilishga o‘tmoqda. Siyosatni ko’rib chiqish Qo’shma Shtatlar bilan kuchaygan raqobat fonida amalga oshiriladi: bu davlat so’nggi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga o’z sarmoyasini oshirdi.
2021-yilda Xitoy past va o‘rta daromadli mamlakatlar iqtisodiyotiga 79 milliard dollar sarmoya kiritgan bo‘lsa, 2013-yildan 2017-yilgacha bu ko‘rsatkich o‘rtacha 117 milliard dollarni tashkil qilgan.
Avvalroq Kursiv O‘zbekistonni «Bir kamar, bir yo‘l» loyihasidan qanday manfaatdorligi haqida yozgan edi.
«Bir kamar, bir yoʻl» – bu Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning ellikdan ortiq davlatini Xitoy bilan bogʻlovchi mavjud transport yoʻlaklarini rivojlantirish va yangilarini yaratish boʻyicha Xitoy xalqaro dasturi.