Italiya prezidentini Toshkentda qanday kutib olishdi
9-noyabr, payshanba kuni kechasi Italiya prezidenti Serjio Mattarella Toshkentga keldi, dedi O‘zbekiston hukumati matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov.
Italiya respublikasi rahbari mamlakatimizga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan keldi. Ushbu safarda Mattarellaga qizi Laura va tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi rahbari o‘rinbosari Edmondo Cirielli hamrohlik qilmoqda.
Toshkent aeroportida ularni O‘zbekiston hukumati raisi Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Avvalroq, Italiya prezidentining tashrifidan maqsad O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash haqida xabar qilingandi.
2-noyabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Uning Mirziyoyev bilan uchrashuvi Samarqandda bo‘lib o‘tgan edi. Muzokaralar yakuniga koʻra, davlat rahbarlari Toshkentda qoʻshma savdo-sanoat palatasini ishga tushirish va Business France idorasini ochishni oʻz ichiga olgan kelishuvlar toʻplamini qabul qilgan edilar.